Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI KO'RIK TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O'TKAZILDI

Zarafshon shahar Yangi Zarafshon mahallasi 9-umumta’lim maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining shahar bosqichi bo‘lib  o‘tdi. 

Shahar hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari D.Bahronova, Viloyat kengashi deputati A.Tumishova va tegishli mas'ullar, o'quvchi yoshlar ishtirokida tadbir o'tkazildi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaharning namunali qizlari ishtirok etishdi. Mazkur tanlovda adabiyot, san’at, madaniyat, ta’lim, fan, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida jami 32 nafar iqtidorli qizlar  ishtirok etib, o‘zaro bellashishdi. 

Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining shahar bosqichi tanloviga mas’ul bo‘lgan komissiya tarkibi to‘liq ishtiroki ta’minlandi. Belgilangan shartlar asosida saralab olingan ishtirokchilar tanlovining keyingi bosqichlarida qatnashish imkonini qo‘lga kiritdilar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech