Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI SEKTOR RAHBARLARI NAZORATIDA

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov hamda sektor rahbarlari  mas’ullar ishtirokida  shahardagi ta'lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga  tayyorgarligi, ko'p qavatli uylar, tashkilotlarda transformatorlar,  elektr energiya va gazda noqonuniy ulanish holatlarini tekshirish va nazorat qilish maqsadida manzillarga bordi.

Dastlabki manzil 11-sonli umumta'lim maktabi bo'ldi.

Tashrif davomida ta'lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga  tayyorgarligi, o'quv xonalarida isitish tizimlari holati, dars jarayonlari, “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko'zdan kechirildi. Mas'ullarga bu borada tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari navbatdagi manzil - "Alvongul" nomli 17-sonli DMTT ga bordi. 

Amalga oshirlishi lozim bo'lgan ishlar - kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, obodonlashtirish, ta'lim muassasasidagi sanitariya ishlari holatlari nazorat qilindi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, barcha ishlarni tizimli va izchil tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech