Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA "YIL AYOLI" TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O'TKAZILDI

Zarafshon shahar “Yulduz" madaniyat markazida Zarafshon shahar hokimligi, shahar oila va xotin-qizlar bo'limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan shahrimizda turli sohada mеhnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Yil ayoli” milliy tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.

Tadbir avvalida Zarafshon shahar hokimi o'rinbosari L.Tursunova so'zga chiqib, kеyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o'rni, roli va nufuzini oshirishga qaratilgan kеng ko'lamli ishlar olib borilayotganligini ta'kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart, turli nominatsiyalar  bo'yicha bellashishdi.
Xususan, yuqori natija bilan shahar tibbiyot birlashmasi xodimi R. Hamdamova faxrli birinchi o'rinni egallab, "O'z kasbining ustasi" nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, "Yilning eng yaxshi ustozi", "Yilning vatanparvar ayoli" va boshqa nominatsiyalar egallagan xotin-qizlar  diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Tadbir davomida "Yulduz" madaniyat markazining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan musiqalar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech