Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR YANGI ZARAFSHON MAHALLASINING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

"Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida Yangi Zarafshon mahallasida aholini barqaror  elektr energiyasi bilan ta'minlash ishlari tizimli  tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi "2023-2024-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-52-sonli Qaroriga asosan Yangi Zarafshon mahallasida 2,5 km  elektr uzatish tarmog'i va 1 dona transformator  punkti yangidan qurildi. Shuningdek,  1,8 km elektr uzatish tarmog'i rekonstruksiya qilindi. 2 km elektr uzatish tarmog'i va 2 ta transformator punkti mukammal ta'mirlandi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech