Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zarafshon shahrida yo‘lning egalari chiqqan ko‘rinadi” sarlavhasi ostida transport vositasi haydovchilari guruh bo‘lib  belgilangan yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasdan harakatlangan qoidabuzarlik holatlari  aks etgan videolavha tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Zarafshon shahar IIB ma’sul xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilib, videolavhadagi har bir transport vositasi haydovchilari shaxsiga  aniqlik kiritilib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 129-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech