Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MAHALLA OBODLIGI - YURT OBODLIGI

Mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil va adolatli siyosat, islohotlar natijasida mahallalar obodligi, fuqarolar uchun barcha shart-sharoitlar yaratish borasida amaliy ishlar qilinmoqda. Islohotlarni natijasini fuqoralar oʻz hayotida, mahallada his qilmoqda. 

Xususan, Yangi Zarafshon mahallasida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshmoqda. Mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda, aholini toza ichimlik suv tarmogʻi bilan taʼminlash, yoʻllarni asfaltlab, ravon qilish, xonadonlar, koʻchalarda taʼmirlash, qurilish ishlari davom etmoqda. Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligidagi shtab ishchi guruh vakillari Abay koʻchasida boʻlib, uyma uy  koʻchalarda yurib fuqarolar xonodonlarida, mahalladagi ichki koʻchalarda, manzillarda belgilangan ishlarni nazorat qildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotlar qilinib, murojaat va takliflari oʻrganildi.Tegishli masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Ayni vaqtda, Abay koʻchasidagi yoʻllarda tekislash, asfaltlash ishlari uchun tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech