Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#Obod_xonadon #Obod_koʻcha #Obod_mahalla SHAHAR HOKIMI, SHAHAR SEKTOR RAHBARLARI YANGI ZARAFSHON MAHALLASIDA

Zarafshon shahar Yangi Zarafshon mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. 

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari shtab ishchi guruh vakillari bilan birgalikda uyma uy yurib mahalla obodligi yoʻlida olib borilayotgan ishlar: qurilish, taʼmirlash, infratuzilmani yaxshilash, shuningdek, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qildi. Xonadonlarga tashrifi davomida fuqarolar bilan muloqotlar qilinib, murojaat va takliflari oʻganildi. Fuqarolarga xonadonlarini tartibga keltirish, tozalik ishlarini tashkil etish boʻyicha tushuntirishlar olib borildi. Tegishli masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech