Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YANGI ZARAFSHON MAHALLASI OBOD BOʻLMOQDA

"Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida Zarafshon shahar Yangi Zarafshon mahallasidagi ichki yoʻllar asfaltlanmoqda.

Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov masʼullar ishtirokida asfaltlash ishlari olib borilayotgan manzillarda boʻlib, jarayonlarni nazorat qildi. Ayni vaqtda, mahalla hududida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Shuningdek, shahar rahbari aholi xonadonlarida fuqarolar bilan muloqotlar qilib murojaatlarini oʻrgandi. Xonadonlarda, mahalla koʻchalarida obodonlashtirish, tozalash, qurilish-taʼmirlash ishlarini jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech