Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

FAOL TADBIRKORLAR TOMONIDAN AHOLI BILAN MULOQOTLAR OʻTKAZILMOQDA

Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat markazida faol tadbirkorlar bilan aholi uchrashuvi tashkil etildi.


Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, biznesda erishayotgan amaliy natijalari bilan shahrimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yangi ish oʻrinlari yaratib, butun jamiyatga naf keltirayotgan faol tadbirkorlarning hududlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlari oʻtkazilmoqda. Xususan, bugun Zarafshon shahrida yirik ishbilarmonlardan biri, “Modern trading service” masʼuliyati cheklangan jamiyati ijrochisi tomonidan  endigina katta hayotga kirib kelayotgan yoshlar, oʻz biznesini boshlayotgan shahrimiz fuqarolari, mahalla faollari bilan muloqoti tashkil etildi. Faoliyati davomida tadbirkor savdo, umumiy ovqatlanish, koʻngilochar markazlar, shuningdek, koʻp qavatli, arzon va sifatli uylarni barpo etish, shahrimizda istiqbolli loyihalar amalga oshirib keladi. 

Olingan daromadlar evaziga Zarafshon shahri infratuzilmasini rivojlantirishda, ehtiyojmand oilalarga koʻmak koʻrsatishda, sportsevar yoshlarni yaqindan qoʻllab-quvvatlashda ham tadbirkor oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech