Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORLIGI O‘RGANILDI

Zarafshon shahar hokimi, 1-sektor rahbari, Nazirbek Rahmanov, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i  M.Tursunova masʼullar ishtirokida shahardagi 1- umumta'lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini oʻrgandi.

Xususan, sinf xonalarining oʻquv jarayonlariga tayyorgarlik holati, zarur oʻquv jihozlari taʼminlanganligi, maktab oshxonasining va sport zali oʻquv yiliga tayyorgarligini, obodonlashtirish ishlarini yaqindan tanishdi. Shuningdek, umumta'lim muassasasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech