Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Joriy yil 20-iyun kuni Zarafshon shahar "Oltin vodiy" madaniyat uyida "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" shiori ostida ijtimoiy ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Joriy yil 20-iyun kuni Zarafshon shahar "Oltin vodiy" madaniyat uyida "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" shiori ostida ijtimoiy  ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida seminar o‘tkazildi. 

Seminarda shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova, Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov,  shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova, fuqarolik sudi raisi A.Shukurov, tumanlararo iqtisodiy sud raisi Sh.G‘ofurov, shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor O.Asadova, shahar targ‘ibot guruhi rahbari M.Qurbonova, shahar bosh otinoyisi L.Mutaxarova va fuqarolar, "NKMK MKB" AJ ga qarashli yotoqxonalarda yashovchi aholi ishtirok etdi. 

Seminar davomida ma'ruzachilar shaharda Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar o‘rtasida radikallashuv, mutassiblikni oldini olish", "Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyat barqarorligiga tahdid", “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari", "Oilaviy ajrimlar" va jinoyatchilikni oldini olish, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O‘RQ-699-son Qonuni,  to‘g‘risida fikrlarni aniq faktlar asosida tushuntirib berdi.

Tadbirdar so‘ngida "Ogoh bo‘ling", "Oila muqaddas"  mavzusidagi videoroliklar namoyish etildi.




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech