Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahar obodonlashtirish boʻlimi, shahar qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimlari va masʼullar ishtirokida Navroʻz mahallasiga bordi.

Bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov shahar obodonlashtirish boʻlimi, shahar qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimlari va masʼullar ishtirokida Navroʻz mahallasiga bordi.

Navroʻz  mahallasidagi koʻp qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, uylar atrofida rayhon ekish, daraxtlar parvarishlash holati nazorat qilindi.

Shuningdek, suv quvurlari, daraxtlar sugʻorish tizimlari holatini koʻzdan kechirdi.

 Bu jarayonda masʼullar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqid qilinib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Uning ijrosini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrildi.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech