DataLife Engine / ZARAFSHON SHAHRIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA 13-MAKTABDA

ZARAFSHON SHAHRIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA 13-MAKTABDA

ZARAFSHON SHAHRIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA 13-MAKTABDA  “Keksalarga hurmat - yuksak maʼnaviyat belgisidir” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI.
💥 13-sonli ayrim fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashgan maktabda tashkil etilgan tadbirga Navroʻz mahallasida yashab, turli sohalarda mehnat qilib, keksalik  gashtini surayotgan nuroniy otaxonlar, nafaqadagi oʻqituvchi-ustozlar taklif etildi.
✅Tadbirda shahar hokimining oʻrinbosari U.Ochilov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga haftalikning mazmun-mohiyati va uni oʻtkazishdan koʻzda tutilgan maqsadlar toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirib, nuroniylarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, mahallaga bergan yaqin yordamlari, yoshlar tarbiyasidagi fidoyiliklari uchun  esdalik sovgʻalar bilan taqdirladi. 
🔶Shuningdek,  tadbirida Zarafshon shahar Yulduz va Oltin vodiy madaniyat uylari hamda 13-maktabning ijodkor oʻqituvchi va oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
7-10-2021, 22:23
Вернуться назад