DataLife Engine / "Qizlar odobi targ'ibotchisi" ko'rik tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi

"Qizlar odobi targ'ibotchisi" ko'rik tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi


Zarafshon shahar Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi, shahar Ma'naviyat bo'limi, shahar XTB hamkorligida "Qizlar odobi targ'ibotchisi" ko'rik tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi. Tanlovda 8 nafar ishtirokchi 2 ta shart asosida bellashdi. Tanlovda 1-o'rinni umumta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor  o'rinbosari Z.Omonova, 2-o'rinni 8-umumta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor  o'rinbosari H.Mirzayeva, 3-o'rinni 10-umumta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi N.Tolibova egalladi. Barcha ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg'alari hamda "Kitob ulashamiz" aksiyasi doirasida shahar hokimining kitoblar jamlanmasi topshirildi.
30-03-2021, 22:17
Вернуться назад