DataLife Engine / Yoshlar teatr studiyalari

Yoshlar teatr studiyalari

➡️Bugun,22-aprelda Zarafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan "5 ta tashabbus teatr bilan" tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.
➡️Tanlovda umumta'lim maktablarining  drama teatri jamoalaridan 150 dan ortiq yoshlar nizomda belgilangan shart va asarlar asosida sahna asarini namoyish etdilar. 
➡️Tanlovga natijalariga binoan, 
-Oliy o'rin-8-ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi,  1-o'rin-2-umumta'lim maktabi jamoasi, 2-o'rin-12 va 10-umumta'lim maktabi jamoasi, 3-o'rinni-11 va 1-ixtisoslashtirilgan maktab jamoalariga nasib etdi.  
➡️Tanlovni shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi, shahar Madaniyat bo'limi, shahar XTB rahbarlari baholab bordi. G'oliblar diplom va shahar Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi






22-04-2022, 08:43
Вернуться назад