DataLife Engine / Xotira_turniri

Xotira_turniri

#Shashka_shaxmat
#Xotira_turniri

Joriy yilning 30-yanvar kuni, "NKMK" AJ Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 2-GMZ yoshlari o‘rtasida  O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov xotirasiga bag‘ishlab sportning "Shashka" va "Shaxmat" turi bo‘yicha "Xotira turniri" musobaqasi o‘tkazildi. 
Qizg‘in kechgan o‘yinlar yakuniy natijalarga ko‘ra, shaxmat turi bo‘yicha "Mexaniklar" jamoasi 🥇-o'rinni, "Nazorat o'lchov asboblari va avtomatika" jamoasi 🥈-o'rinni, "Magnit" jamoasi 🥉-o‘rinni, "Shashka" turi bo‘yicha "Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika" jamoasi 🥇-o'rinni, "Mexaniklar" jamoasi 🥈-o‘rinni, "Magnit" jamoasi 🥉-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
Musobaqada jami 35 nafar yoshlar qamrab olindi. G‘oliblar Markaziy kon boshqarmasi Yoshlari yetakchilari Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




31-01-2023, 21:00
Вернуться назад