DataLife Engine / Jaholatga qarshi maʼrifat targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Jaholatga qarshi maʼrifat targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Jaholatga qarshi maʼrifat targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 18-noyabrdagi 2/18-1/3-74-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida Zarafshon shahar Yulduz madaniyat uyida Zarafshon тиббиёт коллежи oʻquvchi yoshlarining ilgʻor gʻoya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda talaba-yoshlar oʻrtasida shahar hokimligi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi, shahar Madaniyat bo‘limi hamkorligida "Jaholatga qarshi maʼrifat" muavzusida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda shahar manaviyat va marifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranovа, shahar hokimligi Din ishlari boʻyicha bosh mutaxassis A.Xamdamov, Yoshlar ishlari Agentligi shahar boʻlimi bosh mutaxassisi F.Xudoyqulova, shahar IIB voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha katta inspektor M.Fayzullayev, shahar bosh imom xatibi Q.Ibragimov, shahar bosh otinoyisi L.Mutaxarova hamda Tibbiyot kolleji direktorining yoshlar masalalari boʻyicha  oʻrinbosari A.Mardonovlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda soʻzga chiqganlar bugungi kunda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar taʼsiridan asrash, estremistik mafkura va gʻoyalar ijtimoiy tarmoqlar, videoroliklar va noqonuniy adabiyotlarning tarqalishi yoshlarga salbiy taʼsiri, shuningdek murakkab va tahlikali vaziyatda biz uchun oilalarimiz, mahallalalarimizda, butun jamiyatimizda sogʻlom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanish, tinch-osuda hayotimizni, muqaddas dinimizdan gʻarazli maqsadda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik, mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanishmiz va eng asosiysi shukronalik kayfiyatini uygʻotish masalalarida soʻz yuritildi.
Tadbir soʻngida "Aldov qurboni boʻlmang" nomli videorolik namoyish etildi.






24-11-2022, 18:25
Вернуться назад