DataLife Engine / Parlamentga saylangan deputatlar ro‘yxati e'lon qilindi, amaldagi deputatlarning 36 nafari qayta saylangan

Parlamentga saylangan deputatlar ro‘yxati e'lon qilindi, amaldagi deputatlarning 36 nafari qayta saylangan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatga olindi.



Markaziy saylov komissiyasining 25 dekabr kungi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, parlament quyi palatasiga saylov yakunlari ko‘rib chiqildi va 125ta saylov okrugida saylangan deputatlar ro‘yxatga olindi.
Jumladan:
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning aniqlik kiritishicha, joriy yilda 43 nafar amaldagi deputat nomzodi qayta qo‘yilgandi. Shulardan 36 nafari (83 foizi) qayta saylandi. 
5 nafari takroriy ovoz berishga qolgan (shundan 2 nafari texnik xatolik uchun). Takroriy ovoz berishga qolgan amaldagi deputatlar:
  1. Akramova Zulayho — 33-Do‘stlik okrugi (XDP)
  2. Qodirov Alisher — 36-Paxtakor okrugi («Milliy tiklanish»)
  3. Shadmonov Adham — 56-Registon okrugi (O‘zLiDeP)
  4. Pardayev Azamat — 67-Past Darg‘om okrugi («Milliy tiklanish»)
  5. Xo‘jayeva Mavluda — 102-Yaypan okrugi (O‘zLiDeP)
Amaldagi deputatlarning faqat 2 nafari qayta saylana olmagan. Taqqoslash uchun, 2014 yilda 26 nafar amaldagi deputatning 25 nafari qayta saylangandi.
Xalqaro matbuot markazi tomonidan parlamentga saylangan 125 nafar deputat ro‘yxati e'lon qilindi:






























25ta saylov okruglarida takroriy ovoz berish 2020 yil 5 yanvar – yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berish bo‘ladigan 25ta saylov okruglari:
8-Aqmang‘it
9-Andijon
32-Jizzax
33-Do‘stlik
35-G‘allaorol
36-Paxtakor
37-Sharof Rashidov
44-Sardoba
49-Uychi
56-Registon
57-So‘g‘diyona
67-Past Darg‘om
76-Sherobod
83-Oltinsoy
87-Angren
89-Bo‘ka
102-Yaypan
104-Uchko‘prik
106-Bag‘dod
117-Urganch
133-Shahrisabz
134-Yakkabog‘
135-G‘uzor
148-Ko‘kcha
150-Shayxontohur
«Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tkazuvchi saylov okruglari bo‘yicha saylov natijalarini aniqlashga doir barcha bayonnomalar o‘rganib va tahlil qilib chiqilganida, ayrim saylov okruglari bo‘yicha ovozlarni hisoblash jarayonida okrug saylov komissiyalari tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Kamchiliklar Saylov kodeksining 95-moddasida ko‘rsatilgan bandlar bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash va hisoblash bilan bog‘liq bo‘lib, saylovchilarning ovozlari soni o‘zgarmagan. Kamchiliklar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov kodeksida belgilangan tartibda bartaraf etildi.
Shulardan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 2020 yil 5 yanvar – yakshanba kuni o‘tkazishga qaror qildi.
Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya'ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi. Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi», deyiladi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi xabarida.
27-12-2019, 03:10
Вернуться назад