Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Abay ijodiga bir nazar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekistonda Qozoq xalqining atoqli namoyondasi Abay Qunanbayevning meros xaftaligini 2022-yil 5-10 dekabr kunlari yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 272-sonli yig‘ilish bayoni bo‘yicha Xalq ta'limi Vazirligining chora-tadbirlar rejasi asosida  Zarafshon shahar Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli  9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida joriy yilning 7-dekabr kuni qozoq xalqining buyuk shoiri Abay Qunanbayev tavalludining 177 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahranova, Yangi Zarafshon mahallasi faollari, yoshlari, maktab oʻqituvchilari, ota-onalar shtirok etdilar. Tadbirda soʻzga chiqqanlar  Abay Qunanbayevning boy ijodiy merosi to‘g‘risida aytib o‘tdilar.Tadbir davomida  o‘quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub  she'rlari, qora so‘zlari, kuy-qo‘shiqlari ijro etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech