Joriy yilning 27-sentabrida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tadbirkorlarga doir masalalar yuzasidan tizimli ishlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun navbatdagi qabul o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglandi. Ularga huquqiy tavsiya, takliflar berildi. Bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, yechimi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar yuklatildi.