DataLife Engine / 2-SEKTORDA UCH AVLOD UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

2-SEKTORDA UCH AVLOD UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

13-dekabr kuni Zarafshon shahar  Oltin vodiy mahallasi hududidagi 2-sonli  maktabi faollar zalida "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" doirasida ma'naviy, madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Uchrashuvda shahar prakurori Anvar Djumayev  barchani bayram bilan tabrikladi hamda Oltin vodiy, O‘zbekiston, Quruvchi, Yangi Zarafshon  mahallasidagi faol nuroniylar, yoshlar va ota-onalar taqdirlandi.

Shahar  Madaniyat bo‘limi xonandalari,  va maktab yoshlari  tomonidan vatan, mehr-oqibat, ota-onalarni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shahar Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan jamiyatimizda bo‘layotgan tub islohotlar to‘g‘risida fikrlari bildirildi.

Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati



13-12-2022, 18:56
Вернуться назад