DataLife Engine / Shahar hokimi Alisher Navoiy mahallasidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi

Shahar hokimi Alisher Navoiy mahallasidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bordi

Bugun, 18-aprelda Zarafshon shahar hokimi Аnvar Radjabov shaharning Alisher Navoiy mahallasi hududidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. 
Shahar hokimi tashrif davomida tashkilotda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Hududda obodonlashtirish va “Yashil makon” umummilliy harakat doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Obodonlashtirish ishlarini, tashkilotning bino holatini koʻzdan kechirdi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.



18-04-2022, 09:10
Вернуться назад