DataLife Engine / ZARAFSHON SHAHRIDA BOLALAR KUNI MUNOSABATI BILAN RASM CHIZISH MUSOBAQASI O'TKAZILDI

ZARAFSHON SHAHRIDA BOLALAR KUNI MUNOSABATI BILAN RASM CHIZISH MUSOBAQASI O'TKAZILDI

Bugun, Zarafshon  shahar hokimligi old maydonida 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bayram dasturi namoyish etildi.

Dastur davomida shahardagi 20 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan 200 dan ortiq bolalar "Baxtli bolalik" shiori ostida asfaltga rasm chizish  musobaqasida ishtirok etdi.

Rasm chizish musobaqasida ona-Vatan, kitobxonlik, baxtli bolalik, oila, tabiatni asrash mavzularida bolalar o'z ijod namunalarini namoyish etdi.

Jamoalar shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari, viloyat Kengashi deputati va shahar Madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan baholandi.

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi
Rasmiy kanal👇 
https://t.me/zarafshon_shahar_axborot_xizmat



1-06-2022, 16:11
Вернуться назад