DataLife Engine / ZARAFSHON SHAHRIDA "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA SHAXMAT MUSOBAQALARI O'TKAZILDI

ZARAFSHON SHAHRIDA "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA SHAXMAT MUSOBAQALARI O'TKAZILDI

Zarafshon shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqalarning  sektor bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada shahar hokimi o'rinbosari S.Uvaytov va boshqa mas'ullar rahbarligida shahardagi barcha mahallalardan yoshlar, nuroniylar, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Musobaqa ishtirokchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, jamoatchilikni birlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni yuksak ma'naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Har bir sektor bo'yicha g'olib bo'lgan ishtirokchilar shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.



2-04-2025, 20:38
Вернуться назад