DataLife Engine / SHAHAR HOKIMI XORIJDAGI YOSHLAR BILAN ONLINE MULOQOT QILDI

SHAHAR HOKIMI XORIJDAGI YOSHLAR BILAN ONLINE MULOQOT QILDI

📱Bugun, Zarafshon shahar  hokimi Nazirbek Rahmonov o'qish yoki ishlash istagi bilan hozirda xorijda bo‘lib turgan yoshlar bilan internet tarmog'i orqali videosuhbat o'tkazdi. Unda shahar hokimi xorijda ishlaydigan har bir zarafshonlik yosh bilan suhbatlashib, ularning  turmush tarzi, holati bilan tanishdi. 

➡️Samimiy suhbat davomida ularning qiziqishlari, xohish-istaklari, kelgusidagi maqsadlari o‘rganildi hamda yoshlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ko‘maklashish bildirildi. 

✔️Shuningdek, barcha murojaatlar tegishli mas’ullar tomonidan yozib olinib, yoshlar  bilan shaxsiy xabarlar orqali yana ma’lumotlar almashinishi belgilab olindi.
2-04-2025, 21:39
Вернуться назад