Mazkur muzqaymoqxona shahrimiz aholisi va mehmonlarga ko‘ngilochar va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.
Muzqaymoqxonaning ochilish marosimida Respublika ishchi guruhi vakili, shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova, mahalla faollari, tegishli mas'ullar va tadbirkorning yaqinlari ishtirok etdilar.
Tadbirkor Zebo Mardonovaga tegishli mazkur muzqaymoqxonaning ochilishi bilan ayni paytda 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi.




