DataLife Engine / SHAHAR HOKIMINING TADBIRKORLAR BILAN NAVBATDAGI QABULI O‘TKAZILDI

SHAHAR HOKIMINING TADBIRKORLAR BILAN NAVBATDAGI QABULI O‘TKAZILDI

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan mutasaddilar ishtirokida tadbirkorlarga doir masalalar yuzasidan tizimli ishlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Uchrashuvda shaharda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar hamda tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolar murojaatlari va takliflari tinglandi. 

Xususan, tadbirkorlarga amaliy yordam koʻrsatish, ularni qoʻllab-quvvatlash, yangidan-yangi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda bir qator muhim chora-tadbirlar koʻrildi, huquqiy tavsiyalar, takliflar berildi.

Bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib,  mas’ullarga topshiriqlar berildi.


3-02-2024, 15:42
Вернуться назад