DataLife Engine / #jarayon #Zarafshon_shahar

#jarayon #Zarafshon_shahar

Zarafshon shahrida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, umumta'lim va maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, kasbiy-ma'naviy,  amaliy-uslubiy yordam berish hamda "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" loyihasi asosida "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash" yilining mazmun va mohiyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. 

Unda shahar hokimi o‘rinbosari  Obidjon  Xakimov,  shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari,  shahar  Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari,  pedagog-tarbiyachilar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda ularni turli tanlovlarda qo‘llab-quvvatlashning yangicha uslubi,  yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish yo‘llari xususida so‘z yuritildi hamda davlatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi batafsil tahlil qilindi. 
25-01-2024, 10:03
Вернуться назад