DataLife Engine / #JARAYON AKADEMIK OLIM RESPUBLIKADA BIRINCHI O‘RINNI EGALLAGAN MAKTABDA BO‘LDI

#JARAYON AKADEMIK OLIM RESPUBLIKADA BIRINCHI O‘RINNI EGALLAGAN MAKTABDA BO‘LDI

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik S.Turabdjanov, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektori B.Mardonov, Zarafshon shahar hokimi N.Rahmanov shahrimizdagi 1-sonli maktabda bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar, o‘qituvchilar bilan uchrashdi. 

Maktab jamoasi tomonidan esdalik sovg‘alar, shuningdek, badiiy chiqishlar tashkil etildi. Mazkur maskanda yaratilgan sharoit va qulayliklar, o‘quvchi-yoshlar tomonidan erishilgan natijalar bilan tanishish barobarida kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Ma'lumot o‘rnida, mazkur ta‘lim dargohi 2023-yil yakunlari bo'yicha o'tkazilgan "Zamonaviy maktablar" loyihasida eng yuqori natija bilan, Respublikada birinchi o'rinni egalladi. O‘quv yilida bitiruvchi yoshlarni oliy ta'limga qamrov bo‘yicha yuqori darajani qayd etdi hamda shahar hokimligi tomonidan  yuz million pul mukofoti bilan taqdirlandi.
13-01-2024, 10:49
Вернуться назад