DataLife Engine / NAVBATDAGI SAYYOR QABUL OLTIN VODIY MAHALLASIDA O'TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL OLTIN VODIY MAHALLASIDA O'TKAZILDI

Zarafshon shahar 1-sektor rahbari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov fuqarolar murojaatlarini oʻrganish, ularga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni Oltinvodiy mahallasida oʻtkazdi. 

Masʼullar ishtirokida oʻtkazilgan qabul davomida fuqarolar, yoshlar, xotin-qizlarning har bir murojaati o'rganildi. Huquqiy tushuncha va tavsiyalar berildi. Murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olinishi va ijrosi taʼminlanishi belgilandi.
11-01-2024, 09:05
Вернуться назад