Yangi yil munosabati bilan shahar hokimi Nazirbek Rahmanov "Muruntov" mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolg‘iz, keksa fuqarolar holidan xabar olib, bayram sovg‘alarini topshirdi.
Dildan samimiy suhbatlar qurildi. Bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi. Yurt tinchligi, oilalar totuvligiga baraka tilab, duolar qilishdi.
Aytish joizki, bu kabi xayrli ishlar shahrimiz bo‘ylab davom etmoqda.