DataLife Engine / ZARAFSHON SHAHRIDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

ZARAFSHON SHAHRIDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

Ayni kunlarda respublikamiz bo'ylab davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasidagi kuzgi daraxt ekish ishlari Zarafshon shahrida ham amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun erta tongdan  shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari boshchiligida tegishli tashkilotlar, mas'ullar, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘chat ekish aksiyasi doirasida saksovul nihollari o‘tqazildi. Ta'kidlash joizki, shahrimiz atrofi bo‘ylab tashkil etilayotgan ushbu "saksovul belbog‘lari" qum va chang bo‘ronlaridan asraydigan belbog‘ vazifasini  bajaradi.
4-11-2023, 11:04
Вернуться назад