DataLife Engine / #EʼTIROF ZARAFSHONLIK YOSHLAR IMKONIYATLARDAN UNUMLI FOYDALANMOQDA

#EʼTIROF ZARAFSHONLIK YOSHLAR IMKONIYATLARDAN UNUMLI FOYDALANMOQDA

Shahrimizda yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklardan unumli foydalangan holda zarafshonlik yoshlar barcha sohalarida yuqori natijalarini qayd etmoqda.

Xususan, 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining robototexnika boʻyicha "DESIGN A₩ARD" Respublika koʻrik tanlovining shahar bosqichida  va "Yosh dasturchi" tanlovida birinchi oʻrinni egallagan oʻquvchisi Erdonov Alisher hamda  IELTS imtihonlarida yuqori natijalarini qayd etgan oʻquvchi-yoshlar bilan shahar hokimi Nazirbek Rahmanov maktabga tashrifi davomida, suhbat qilib, ularning erishgan natijalarini eʼtirof etdi. Yangi oʻquv yilida harakatni susaytirmasdan, yuqori natijalarni erishishlari kerakligini taʼkidladi.  

Aytish joizki, oʻtgan oʻquv yilida mazkur maktab bitiruvchi oʻquvchilarning 43 nafaridan 41 nafari oliy taʼlimga kirish imtihonlarida yuqori natijani qayd etib, oʻqishga qabul qilindi.
8-09-2023, 10:23
Вернуться назад