Bayram oldi shahrimiz aholisi uchun yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
🚍 Zarafshon shahrida jamoat transporti harakatini tashkil maqsadida shahardagi jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 2 ta yangi avtobus olib kelindi.
🚍 Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ushbu avtobuslarni ko’zdan kechirar ekan, avtobusda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar uchun barcha qulayliklar mavjud ekanligini ta’kidladi. Xususan, yo’lovchilar hamda nogironligi bor shaxslar uchun kondisioner, USP-port,kuzatuv kamerasi, maxsus panduslar mujassam.
💬Ma’lumot o‘rnida, Zarafshon shahrida shu paytgacha aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlami uchun 5 ta jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
☄️Endi bunday transportlar soni 7 ta bo‘ldi. Olib kelingan yangi avtobuslar shahrimiz aholisi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi deyish mumkin.