Zarafshon shahrida 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Billur tantanalar saroyida soha fidoyilari bayram dasturxoni atrofida jam bo‘lishdi.
Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, sektor rahbarlari, soha xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida Yulduz va Oltin vodiy madaniyat uyi xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.