Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz" tanlovining navbatdagi soni MFY lar bilan o'tkazildi

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi tomonidan  Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus,  Yangi O'zbekiston  Taraqqiyot  strategiyasi ijrosi yuzasidan hamda  aholi o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida, mahallabay va korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida haftaning har kuni reja-grafok asosida "Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz" intellektual tanlovi o'tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun, 16-fevral kuni shahar Axborot-kutubxona markazida 13 ta MFYlardan 80 nafar ishtirokchilar o'rtasida tanlovning 1-o'yini o'tkazildi. Tanlovda 1-asar Oybekning Navoiy asari muhokama qilindi. Tanlov natijalariga binoan YULDUZ MFY g'olib deb topildi. Hamda har oyda bir marotaba g'olib jamoalar rag'batlantirilib borilishi belgilandi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech